GLOW

Nippon Paint Glow — ichki makonlar uchun mo‘ljallangan dekorativ yakuniy bo‘yoq bo‘lib, sathda nafis marvaridsimon va ipakdek yaltiroq ko‘rinish hosil qiladi. Turli rangdagi gruntlar, qatlar soni va surtish texnikasi yordamida bir nechta dekorativ effektlar yaratish imkonini beradi. Mahsulot faqat puxta tayyorlangan va tekislangan yuzalarda qo‘llanadi. Tayyor holda yetkaziladi, suyultirish talab etilmaydi.

Qo‘llanish sohasi

Ichki devorlarni dekorativ bezashda qo‘llanadi.
Interyer pastasi va mos gruntlar bilan to‘liq tayyorlangan sathlarga surtiladi.
Eski bo‘yalgan silliq yuzalarda silliqlash va gruntlashdan so‘ng qo‘llash mumkin.

Afzalliklar

— marvaridsimon dekorativ effekt;
— ipakdek yaltiroq finsi;
— turli vizual effektlar yaratish imkoniyati;
— suv bazali tarkib;
— tayyor holda qo‘llanadi;
— dizaynerlik interyerlari uchun mos.

 

Ko‘rsatkich Qiymat
Tip dekorativ ichki bo‘yoq
Asos akril kopolimer emulsiyasi
Effekt marvaridsimon
Yaltiroqlik ipakdek
Suyultirish taqiqlanadi
Qurish (1-qat) 30 daqiqa
Qatlar oralig‘i 6–8 soat
To‘liq qurish 24 soat
Qo‘llash usuli filyonka cho‘tka
Qadoqlash 2,5 l
Saqlash 3 yil, salqin va quruq joyda

Buyurtma berish