Aqusto Silan — suv asosidagi, mat teksturali fasad yakuniy bo‘yoq bo‘lib, Active Silicone Technology yordamida ishlab chiqilgan. Duomax® Protection Factor faol silikonlar va to‘ldiruvchilarning uyg‘unligi orqali ikki tomonlama himoya ta’minlaydi. Qoplama maksimal bug‘ o‘tkazuvchanlik orqali namlikni tez chiqaradi va maksimal suv qaytarish xususiyati bilan namlanishga qarshi turadi.
Bo‘yoq rangini, teksturasini va sifatini uzoq yillar davomida saqlaydi, asos bilan mustahkam birikadi va yorilmaydi, pufaklanmaydi hamda qatlamlanmaydi. Oson qo‘llanadi, yuqori yopish qobiliyatiga ega, sachrash va tomchilashsiz formula bilan ishlab chiqilgan. Suv bilan suyultiriladi, ekologik xavfsiz va keskin hidga ega emas.
Suvoq
Qo‘pol suvoq
Komb-mozayka
Beton va monolit beton
Beton plitalar
MDF
OSB
Oqartirilgan, ammo mustahkam eski bo‘yalgan va tayyor suvoq yuzalar
Duomax® Protection Factor
Active Silicone Technology
Maksimal suv qaytarish
Maksimal bug‘ o‘tkazuvchanlik
Mat yuzasi
Yuqori yopish qobiliyati
Tomchilash va sachrashsiz formula
Oson va tejamkor qo‘llanadi
Yorilish, pufaklanish va qatlamlanishsiz
Ekologik xavfsiz
Keskin hidsiz
| Ko‘rsatkich | Qiymati |
|---|---|
| Turi | Fasad bo‘yoqi |
| Tekstura | Mat |
| Asos | Suv asosidagi, silikon-modifikatsiyali |
| Qatlamlar soni | 2 |
| Aralash nisbati | 15% gacha suv |
| Airless | Ruxsat etiladi (5% suv) |
| Sarf | 6–10 m²/l |
| Qatlamlar oralig‘ida qurish | 6–8 soat |
| To‘liq qurish | 24 soat |
| Qo‘llash harorati | +5…+30 °C |
| Saqlash muddati | 3 yil |
| Qadoq | 2,5 l / 7,5 l / 15 l |